Biz haqimizda
Dublyaj AI — Toshkentdagi startap. Biz istalgan videoni sun'iy intellekt yordamida o'zbek, rus va boshqa tillarga ovozli tarjima qilamiz.
Nega boshladik
40 milliondan ortiq odam o'zbek tilida gaplashadi, lekin dunyodagi deyarli barcha video kontent ular uchun yopiq: professional dublyaj qimmat va sekin, ovozli AI xizmatlari esa o'zbek tilini yaxshi bilmaydi.
Dublyaj AI shu bo'shliqni yopadi: video yuklaysiz, bir necha daqiqada nutq tanib olinadi, tarjima qilinadi va asl spikerga o'xshash ovozda qayta o'qiladi. Xizmat 2026 yildan beri ishlaydi — Telegram bot va dublyaj.ai sayti orqali minglab foydalanuvchilar undan foydalanmoqda.
Nomimiz haqida
«Dublyaj» — o'zbek tilida «ovozli tarjima», ya'ni videoni boshqa tilda qayta ovozlashtirish degani. Nomimiz shu so'zdan va «AI» (sun'iy intellekt) so'zidan olingan: Dublyaj AI — sun'iy intellekt yordamidagi dublyaj.
Dublyaj AI O'zbekistonda ro'yxatdan o'tgan mustaqil kompaniya (DUBLYAJ AI MCHJ). Bizning rasmiy saytimiz faqat dublyaj.ai, Telegram botimiz — @Dublyaj_aibot. Nomi o'xshash Germaniyadagi Dubly.AI kompaniyasi bilan hech qanday aloqamiz yo'q.
Jamoa
Roziali O'ktamov
Asoschi va bosh direktor (CEO)
Dasturiy muhandis. Mahsulotni boshidan oxirigacha o'zi qurgan: dublyaj pipeline'i, Telegram bot, veb-ilova, to'lovlar va infratuzilma. Kompaniya strategiyasi, mahsulot va texnologiyaga javob beradi.
Kompaniya
- Yuridik nomi
- DUBLYAJ AI MCHJ
- STIR
- 313120286
- Ofis
- Toshkent, Zulfiyaxonim ko'chasi, 12
- Tashkil etilgan
- 2026
- Aloqa
- info@dublyaj.ai