Dublyaj AI
← Barcha qo'llanmalar

Audio, podkast va ovozli xabarni boshqa tilga tarjima qilish

Yangilangan: 2026-11-17

Chet tilidagi podkast, ma'ruza yoki ovozli xabarni tushunish uchun uni matnga o'girib o'qish shart emas. Dublyaj AI audioni to'g'ridan-to'g'ri boshqa tilda gapiradigan qilib beradi.

Qanday ishlaydi

Audiodagi nutq matnga aylantiriladi, tanlangan tilga tarjima qilinadi va yangi ovoz bilan qayta yoziladi. Natija — audio fayl, fon musiqasi va shovqinlar joyida qoladi.

Telegram bot orqali

1. @Dublyaj_aibot'ni oching.

2. Audio faylni, mp3'ni yoki ovozli xabarni yuboring — boshqa chatdagi ovozli xabarni botga forward qilsangiz ham bo'ladi.

3. Audioning asl tilini, keyin tarjima tilini tanlang.

4. Narxni ko'rib, tasdiqlang. Tarjima qilingan audio o'sha chatga keladi.

Saytda

dublyaj.ai saytida «Tarjima» bo'limiga audio faylni yuklang, tillarni tanlang va tasdiqlang. Tayyor audioni yuklab olasiz.

Qachon foydali

Chet ellik hamkor yoki mijozdan kelgan ovozli xabarni tushunish uchun.

Inglizcha yoki ruscha podkast va ma'ruzalarni o'zbek tilida tinglash uchun.

O'z podkastingizni boshqa til auditoriyasiga yetkazish uchun.

Ko'p so'raladigan savollar

Qaysi formatlar qabul qilinadi?

Telegram ovozli xabarlari, mp3 va boshqa keng tarqalgan audio fayllar. Video ham yuborsangiz bo'ladi — u holda video qaytadi.

Bepul sinab ko'rsa bo'ladimi?

Ha, yangi foydalanuvchiga bonus kredit beriladi — qisqa audioni sinab ko'rishga yetadi.

Boshqa qo'llanmalar

Audiongizni boshqa tilda gapirtiring

Ovozli xabar yoki audio faylni @Dublyaj_aibot'ga yuboring yoki saytga yuklang.

Bepul boshlash