Dublyaj AI
← Barcha qo'llanmalar

Ingliz tilidagi videoni o'zbek tiliga ovozli tarjima qilish

Yangilangan: 2026-11-18

Eng yaxshi onlayn kurslar, TED chiqishlari, podkastlar va texnik darslar ingliz tilida chiqadi. Ingliz tilini bilmasangiz yoki bilsangiz ham tez gapni ilg'ab ulgurmasangiz, bu bilimlarning katta qismi qo'ldan ketadi.

Dublyaj AI inglizcha videoni o'zbekcha gapiradigan qiladi: siz yozuv o'qimaysiz, shunchaki tinglaysiz. Quyida buni qanday qilish ko'rsatilgan.

Ovozli tarjima qanday ishlaydi

Videodagi inglizcha nutq matnga aylantiriladi, gapiruvchilar ajratiladi, matn o'zbek tiliga tarjima qilinadi va yangi o'zbekcha ovoz bilan qayta yoziladi. Fon musiqasi va shovqinlar joyida qoladi.

Tarjima gapirish uchun yoziladi: jumla asl gap vaqtiga sig'ishi kerak, shuning uchun tabiiy o'zbekcha iboralar tanlanadi, ma'no esa saqlanadi.

Saytda bosqichma-bosqich

1. dublyaj.ai saytiga Telegram yoki Google orqali kiring — yangi foydalanuvchiga bonus kredit beriladi.

2. Videoni yuklang yoki YouTube havolasini qo'ying. Faqat bir qismi kerak bo'lsa, boshlanish va tugash vaqtini belgilang — faqat o'sha bo'lak uchun to'laysiz.

3. Videoning tili — «Ingliz» (yoki «Avtomatik aniqlash»), tarjima tili — «O'zbek».

4. Modelni tanlang. Narx boshlashdan oldin ko'rsatiladi.

5. Tayyor videoni yuklab oling. Studio rejimida tarjimani qatorma-qator tuzatib, qayta render qilish mumkin.

Telegram bot orqali

@Dublyaj_aibot'ni oching va videoni yoki havolani yuboring. Birinchi savolda videoning tilini — «Ingliz»ni, ikkinchisida tarjima tilini — «O'zbek»ni tanlang, keyin narxni tasdiqlang. Tayyor video o'sha chatga keladi.

Qaysi modelni tanlash kerak

V1 — eng arzon. Har bir gapiruvchiga yoshi va jinsiga mos tayyor o'zbekcha ovoz beriladi. Darslar, kurslar va tushuntirish videolari uchun yetarli.

V2 — gapirayotgan odamning o'z ovozi klonlanadi: masalan, taniqli spiker o'zbekcha o'z ovozida gapiradi. Bloglar va intervyular uchun.

Pro — eng yuqori sifat, hissiyot va intonatsiya eng yaxshi saqlanadi. Ko'p odam ko'radigan video yoki reklama uchun.

Sifatli natija uchun maslahatlar

Nutq aniq eshitiladigan videoni tanlang. Baland musiqa yoki bir vaqtda gapirayotgan odamlar xatoni ko'paytiradi.

Atama ko'p bo'lgan texnik darslarda (dasturlash, tibbiyot) natijani Studio'da ko'zdan kechiring va kerakli so'zlarni tuzating.

Uzun kursni darsma-dars bering: avval bitta qisqa darsni sinab ko'ring, natija yoqsa, qolganlarini.

Ko'p so'raladigan savollar

Inglizcha videoni o'zbekchaga bepul tarjima qilsa bo'ladimi?

Yangi foydalanuvchiga bonus kredit beriladi — qisqa videoni bepul sinab ko'rish mumkin. Keyin narx davomiylik va modelga qarab hisoblanadi va boshlashdan oldin ko'rsatiladi.

YouTube'dagi inglizcha videoni yuklab olmasdan tarjima qilsa bo'ladimi?

Ha, havolani qo'yish kifoya — video serverda o'zi yuklab olinadi.

Subtitr bilan tarjima ham qilsa bo'ladimi?

Ha. Saytdagi «Subtitle» bo'limida video o'z ovozida qoladi, ostiga o'zbekcha subtitr yoziladi — bu ovozli tarjimadan arzonroq.

Boshqa qo'llanmalar

Inglizcha videoni o'zbekcha gapirtiring

Videoni yuklang yoki havolasini qo'ying — saytda yoki @Dublyaj_aibot Telegram botida.

Bepul boshlash